Kuniga bitta so‘z. Butun O‘zbekiston bilan birga.

Yashirin so‘zni oltita urinishda toping, do‘stingiz bilan jonli jang qiling va har topgan so‘zingizning ma’nosini o‘rganing. SH, CH, O‘ va G‘ — bitta harf, xuddi maktabda o‘rgangandek.

So‘zgir — bitta o‘yin emas, o‘zbek tilidagi so‘z o‘yinlari to‘plami: So‘ztop (yashirin so‘zni topish), So‘zjang (ikki o‘yinchi bir so‘z ustida bellashadi), G‘uncha (yettita harfdan so‘z yig‘ish), Yangso‘z (tilda yo‘q tushunchaga yangi so‘z o‘ylab topish) va reyting.

Kunlik so‘z butun mamlakatda bir xil va u telefondagi ilovada ham, saytda ham aynan bitta. Hisob ochmasdan ham o‘ynash mumkin — natija shunda faqat brauzeringizda qoladi.

O‘yin o‘zbek alifbosiga moslangan: SH, CH, O‘ va G‘ bitta tovush, shuning uchun bitta katakcha va klaviaturada bitta tugma. Yozuvni lotin, yangi lotin yoki kirillga almashtirish mumkin.

Modullar

So‘ztop

Yashirin so‘zni urinishlar tugagunicha toping.

So‘zjang

Bir so‘z, ikki o‘yinchi. Kim kamroq urinishda topadi?

Yangso‘z

Tilda yo‘q tushunchaga o‘zingiz so‘z o‘ylab toping.

G‘uncha

Yettita harfdan iloji boricha ko‘p so‘z yasang.

Reyting

Kam urinish — ko‘p aqcha. Aqcha reytingga yig‘iladi.

Qo‘llab-quvvatlash

Xarid ham, obuna ham yo‘q. Loyihani hamjamiyat ko‘taradi.

Kategoriyalar

Ko‘p so‘raladigan savollar

SH, CH, O‘ va G‘ bitta katakchami?

Ha. Bular o‘zbek tilida bitta tovush, shuning uchun o‘yinda ham bitta harf — bitta katakcha va klaviaturada bitta tugma. Ya’ni «boshqa» besh harfli so‘z: B-O-SH-Q-A.

Internetsiz ishlaydimi?

Ha. Lug‘at ilova bilan birga keladi, o‘yin butunlay qurilmada hisoblanadi. Aloqa paydo bo‘lganda yangi so‘zlar va reyting o‘zi sinxronlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish shartmi?

Yo‘q. Mehmon sifatida darhol o‘ynash mumkin. Hisob ochsangiz natijalaringiz saqlanadi va boshqa telefondan ham ko‘rinadi.

Reklama yoki pullik xaridlar bormi?

Ilova bepul. Bosh ekran ostida bitta reklama banneri turadi — o‘yin taxtasiga, kategoriyalarga va reytingga reklama tushmaydi. Oraliq reklama, video reklama, ilova ichi xaridlari va obuna yo‘q. Xohlovchilar «Qo‘llab-quvvatlash» bo‘limi orqali hissa qo‘shishi mumkin.

Ballarim qayerga ketdi?

Hech qayerga — ular aqchaga aylandi: 10 ball = 1 aqcha, ya’ni 5 980 ball endi 598 aqcha bo‘lib ko‘rinadi. Saqlangan natijalarga tegilmadi. Onlayn jang reytingi esa o‘lja deb ataladi — u yo‘qdan paydo bo‘lmaydi, raqibdan olinadi.

Kunlik so‘z hammaga bir xilmi?

Ha. Bir kunga bitta so‘z va u barcha qurilmalarda bir xil — shu sababli kunlik reyting adolatli bo‘ladi.

Aqcha qanday hisoblanadi?

Kunlik so‘z birinchi urinishda 20 aqcha beradi, keyingi urinishlarda kamayadi: 17, 13, 10, 7, 3. Cheksiz rejimda qancha urinish qolsa — shuncha aqcha, eng ko‘pi 8. Avval topilgan so‘z 60 % beradi, yordam olinsa shift 6 yoki 4 aqchaga tushadi. Jang esa aqcha emas, o‘lja beradi: bir jangda eng ko‘pi ±10.