Bir so‘z, ikki o‘yinchi

Ikkalangizga bir xil yashirin so‘z. Kim birinchi topsa — yutadi.

Jang — poyga: urinishlar sanalmaydi, so‘zni birinchi topgan yutadi. Maydon va turnirda qoida boshqacha — u yerda bir vaqtda ko‘p odam o‘ynaydi va o‘rin urinishlar soniga qarab beriladi.

Raqibning taxtasida harflar ko‘rinmaydi — faqat ranglar, ya’ni javobni undan o‘qib bo‘lmaydi.

Jang aqcha beradi: 1000 dan boshlanadi, bir jangda eng ko‘pi ±10. Darajalar — Chopar, Cherik, Navkar, O‘nboshi, Yuzboshi, Mingboshi, Botir, Bahodir, Tarxon, Alp.

Saytda yaratilgan chaqiruvga telefondagi ilovadan ham qo‘shilish mumkin.

O‘zbek alifbosiga moslangan: SH, CH, O‘ va G‘ bitta tovush, ya’ni taxtada bitta katak va klaviaturada bitta tugma. Yozuvni lotin, yangi lotin yoki kirillga almashtirish mumkin — so‘z o‘zgarmaydi, faqat ko‘rinishi.

Jang uchun hisob kerak — raqib taxallusingizni ko‘radi va natija reytingga yoziladi. Saytdagi jang telefondagi ilovadagi bilan bitta: raqibingiz qaysi tarafda ekani farq qilmaydi.