Yashirin so‘zni oltita urinishda toping, do‘stingiz bilan jonli jang qiling va har topgan so‘zingizning ma’nosini o‘rganing. SH, CH, O‘ va G‘ — bitta harf, xuddi maktabda o‘rgangandek.
So‘zgir — bitta o‘yin emas, o‘zbek tilidagi so‘z o‘yinlari to‘plami: So‘ztop (yashirin so‘zni topish), So‘zjang (ikki o‘yinchi bir so‘z ustida bellashadi), G‘uncha (yettita harfdan so‘z yig‘ish), Yangso‘z (tilda yo‘q tushunchaga yangi so‘z o‘ylab topish) va reyting.
Kunlik so‘z butun mamlakatda bir xil va u telefondagi ilovada ham, saytda ham aynan bitta. Uni o‘ynash uchun hisob kerak — natija reytingga tushadi; cheksiz rejim esa hisobsiz ham ochiq.
O‘yin o‘zbek alifbosiga moslangan: SH, CH, O‘ va G‘ bitta tovush, shuning uchun bitta katakcha va klaviaturada bitta tugma. Yozuvni lotin, yangi lotin yoki kirillga almashtirish mumkin.
Yashirin so‘zni urinishlar tugagunicha toping.
Bir so‘z, ikki o‘yinchi. Kim kamroq urinishda topadi?
Tilda yo‘q tushunchaga o‘zingiz so‘z o‘ylab toping.
Yettita harfdan iloji boricha ko‘p so‘z yasang.
Kam urinish — ko‘p aqcha. Aqcha reytingga yig‘iladi.
Xarid ham, obuna ham yo‘q. Loyihani hamjamiyat ko‘taradi.
Yashirin so‘zni oltita urinishda topasiz. Har urinishdan keyin kataklar rang oladi: yashil — harf o‘z joyida, sariq — so‘zda bor, lekin boshqa joyda, kulrang — bunday harf yo‘q. Kunlik so‘z butun O‘zbekistonda bir xil va yarim tunda almashadi.
Javoblar sahifasida: bugungi so‘z spoyler ostida turadi, o‘tgan kunlarniki esa ochiq ro‘yxatda — raqami, sanasi va ma’nosi bilan. Ertangi so‘z ko‘rsatilmaydi.
Kunlik so‘z kuniga bitta. Cheksiz rejimda esa chegara yo‘q: 4 dan 7 harfgacha xohlagancha o‘ynaysiz, yangi so‘z o‘yin tugagach darrov boshlanadi.
Kunlik so‘z uchun — ha: u butun O‘zbekiston uchun bitta so‘z va natija reytingga tushadi, shuning uchun hisobga bog‘lanadi. Cheksiz rejim, g‘uncha va mashq esa hisobsiz ham ochiq: natija brauzeringizda qoladi.
Ha. Kunlik so‘z ikkalasida aynan bitta, lug‘at ham o‘sha: hisob ochsangiz natijalar sinxronlanadi va reyting umumiy bo‘ladi.
O‘yin tugagach «Ulashish» tugmasi chiqadi: u ranglar to‘rini nusxalaydi — so‘zning o‘zi ko‘rinmaydi, ya’ni do‘stingizga spoyler bo‘lmaydi.
Lug‘at katta, lekin cheksiz emas: 5 harfli rejimda 9 600 dan ortiq so‘z qabul qilinadi. Noo‘rin rad etilgan so‘zni o‘yin oxiridagi «So‘z haqida xabar berish» orqali yuboring — lug‘at aynan shu xabarlar bilan to‘ldiriladi.
Ha. Bular o‘zbek tilida bitta tovush, shuning uchun o‘yinda ham bitta harf — bitta katakcha va klaviaturada bitta tugma. Ya’ni «boshqa» besh harfli so‘z: B-O-SH-Q-A.
Ha. Lug‘at ilova bilan birga keladi, o‘yin butunlay qurilmada hisoblanadi. Aloqa paydo bo‘lganda yangi so‘zlar va reyting o‘zi sinxronlanadi.
Yo‘q. Mehmon sifatida darhol o‘ynash mumkin. Hisob ochsangiz natijalaringiz saqlanadi va boshqa telefondan ham ko‘rinadi.
Ilova bepul. Bosh ekran ostida bitta reklama banneri turadi — o‘yin taxtasiga, kategoriyalarga va reytingga reklama tushmaydi. Oraliq reklama, video reklama, ilova ichi xaridlari va obuna yo‘q. Xohlovchilar «Qo‘llab-quvvatlash» bo‘limi orqali hissa qo‘shishi mumkin.
Hech qayerga — ular aqchaga aylandi: 10 ball = 1 aqcha, ya’ni 5 980 ball endi 598 aqcha bo‘lib ko‘rinadi. Saqlangan natijalarga tegilmadi. Onlayn jangdagi son ham aqcha — u yo‘qdan paydo bo‘lmaydi, raqibdan olinadi.
Ha. Bir kunga bitta so‘z va u barcha qurilmalarda bir xil — shu sababli kunlik reyting adolatli bo‘ladi.
Kunlik so‘z birinchi urinishda 20 aqcha beradi, keyingi urinishlarda kamayadi: 17, 13, 10, 7, 3. Cheksiz rejimda qancha urinish qolsa — shuncha aqcha, eng ko‘pi 8. Avval topilgan so‘z 60 % beradi, yordam olinsa shift 6 yoki 4 aqchaga tushadi. Jang ham aqcha beradi: bir jangda eng ko‘pi ±10.