Turnir — ketma-ket bir necha mardu maydoni: har davrada odam ikki barobar kamayadi, sakkiztadan ko‘p bo‘lsa guruhlarga bo‘linadi va guruhlar bir vaqtda o‘ynaydi.
Hajmi uchta: 8 kishi — uch davra, 16 kishi — to‘rt davra, 32 kishi — besh davra. Har guruhdan yuqori yarmi o‘tadi, teng natijada ro‘yxatga oldinroq kirgani.
Turnir ochgan odam kod oladi: qatnashchilar kod, havola yoki QR orqali qo‘shiladi. Yig‘ilish ikki soat davom etadi, boshlashni tashkilotchi bosadi.
Har guruh jangi — oddiy mardu maydonining o‘zi: o‘sha so‘z yoki o‘sha g‘uncha, o‘sha jadval, o‘sha o‘lja. Turnir faqat tartib beradi — kim kim bilan va kim keyingi davraga o‘tadi.