4 harfli so‘zlar

Eng qisqa taxta va eng tez o‘yin: to‘rt katak, beshta urinish. Bir partiya bir necha daqiqada tugaydi.

To‘rt harfli so‘z — So‘ztopning eng qisqa taxtasi. Javoblar bazasida 800 dan ortiq so‘z bor, taxmin sifatida esa 3 300 dan ortiq so‘z qabul qilinadi.

Qisqa so‘z osonroq tuyuladi, lekin aslida u boshqacha qiyin: harf kam, ya’ni har bir urinish kamroq ma’lumot beradi va ko‘p so‘z bir xil «niqob» ostida qoladi — TOSH, BOSH, QOSH, YOSH. Shuning uchun birinchi ikki urinishda imkon qadar ko‘p turli harfni sinab ko‘rgan ma’qul.

O‘yin cheksiz: so‘z topilgach yangisi darrov boshlanadi, kunlik so‘zni kutish shart emas.